"Kamolot-FM"dan yangi loyihani o‘tkazib yubormang!


Barkamol avlod radiosi, FM 90.8 “Kamolot–Fm” radiostansiyasi ezgu maqsadlarni ko‘zlab yana bir yangi loyihaga qo‘l urdi.

Muallif va boshlovchi Kamoliddin Bahovuddinov o‘ta qiziqarli va ehtirosli bo‘lish bilan birga shaxsan biz uchun biroz og‘riqli bo‘lgan (milliy) futbol olamiga tashrif buyurish bilan birgalikda uni o‘rganishni, atroflicha tahlil qilish va asosli xulosalar keltirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Futbolni shunchaki tomosha qilish kamlik qiladi, tahlilga nima deysiz?!

2017 yil 2 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 16-00 da “Respect” analitik radio loyihasining ilk sonini o‘tkazib yubormang.

Dasturning ilk mehmonlari:

- Futzal bo‘yicha terma jamoamizning sobiq o‘yinchisi va endilikda futzal bo‘yicha terma jamoamizning bosh murabbiyi Nodir Eliboyev;

- Yurtimizda futbolni yoritishda samarali faoliyat yuritib kelayotgan va ijtimoiy saytlar orasida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lgan “uff.uz” sayti rahbari Azizxon Akbarov.

Siz dasturni tinglash davomida unda ishtirok etish va kafolatlangan sovg‘alarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Dasturni tinglash uchun manbalar:

- kamolotfm.uz veb sayti. (tas-ix)

- “kamolotfm” mobil ilovasi (Google Play) (tas-ix)

Biz bilan bog‘lanish uchun aloqa raqami:

- (+99895)196-90-80 (qo‘ng‘iroqning bir daqiqasi tarif rejangiz bo‘yicha chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun belgilangan narx asosida baxolanadi.)

SMS xabarlar uchun:

- telegram tarmog‘ida “smsfm” nik neymni izlab toping va matnli xabar qoldiring.