#XotiraUz: «Kamolot-FM» radiosi jamoasidan chorlov!


90.8 to‘lqinida jarang sochayotgan O‘zbekistondagi ilk yoshlar radiosi «Kamolot-FM»ning ijodiy jamoasi ham «9-may» aksiyasini qo‘llab-quvvatlagan holda barchaga o‘z chorlovlarini yo‘llab qoladi.

«Kamolot-FM» radiosi Bosh muharriri Olimxo’ja Azimov:

– 9-may — Xotira va qadrlash kuni nafaqat jasoratli ajdodlarimiz ruhini yod etish, balki nuroniylarni holidan xabar olish, ularning yumushlariga ko’maklashish, bayramona kayfiyat ulashish odamiylikka xos urf-odat va qadriyatdir. Bu dunyo g’animat, umr g’animat, diydor g’animat. Shunday ekan insonlar bir-birini qadrlab, hayotning har lahzasini ezgulikka baxshida etishi joiz. Bayram kunida barcha yoshlarimizni qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni amalga oshirishda tashabbuskorlik va faollik ko’rsatishlari uchun chorlab qolaman. Iymonim komilki, bu bayram albatta, keng ko’lamda, ko’tarinki ruhda o’tkaziladi. Barchaning yodida qoladigan kunga aylanadi.


Foto: R.Nazarmatov