#XotiraUz: FIFA referisi Ravshan Ermatovdan chorlov!


“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, FIFA referisi Ravshan Ermatov:

– Bobolarimiz bizni ozod va obod Vatanda yashashimiz uchun qilgan fidoyiliklarini, mardlik va jasoratlarini hech qachon unutmaymiz. Ularni doim xotirlab, yodimizda tutamiz. Shu sababdan barcha yoshlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan aksiyada faol bo‘lishga hamda qahramonlarimizga bo’lgan ulkan hurmat va ehtiromni namoyon qilishga chorlab qolaman!

FIFA referisi Ravshan Ermatov tomonidan yuborilgan chorlovga javoban fotosuratingizni #XotiraUz heshtegi ostida Facebook ijtimoiy tarmog’iga https://www.facebook.com/kamolot.uz/ sahifasini (@kamolot.uz) belgilagan holda joylashtirib boring! Fotosuratlar soni cheklanmagan!

Foto: R.Nazarmatov