#XotiraUz: "Kamolot-FM" radioijodkorlari aksiyada faollikka chorlaydi


Xabaringiz bor, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 9-may – "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan “9-may” aksiyasiga start berilgan edi. Ayni kunlarda mazkur aksiya joylarda katta shijoat bilan tashkil etilmoqda.

"Kamolot-FM" radiosi ijodkorlari ham #XotiraUz ni dunyoga tanitish jarayonida o‘z hissalarini qo‘shishni maqsad qildi. Bu jarayonda ahil jamoa o‘z tinglovchilarini aksiyada yanada faollikka chorlamoqda.