"Kamolot-FM" radiosi ijodkorlari bilan tanishamiz


Har gal radioni "qulog'i"dan burab, uni tinglashni boshlaganimizdan yuragimizni jimirlatadigan sehrli ovoz sohibining obrazini hayolan yaratishga kirishamiz. "Kamolot-FM" radiosining jonkuyar, xushchaqchaq xodimlari esa bu borada sizni tasavvurlaringizni ro'yobga chiqaradi.

Bugun ertalabdan kayfiyatlarni 100% ko'tarishga yordam bergan "Kamolot-FM" ijodkorlarining ish jarayonini fotolarga muhrladik. Albatta ularga xalal bermagan holda.
Kamoliddin Bahovuddinov – "Kamolot-FM" radiosi boshlovchisi, tanaffus paytida daqiqalarni daqiqalarga ulab, tinglovchilarga iliq kayfiyat ulashish uchun iliq so'zlarni durdek sayqallab teruvchi inson.

58ef6cd351349.jpg

Radio efirlari davomida har soatda mahalliy va dunyo yangiliklarini "issiq"ligida uzatuvchi "Axborot" xizmati xodimi bilan tanishing:
Elmira Mirzahmedova – "Kamolot-FM" radiosi yangiliklar boshlovchisi, tinglovchilarga yangiliklarni "dodasi"ni yetkazishda doimo oldinga intiladi. Tabassumi ham sehrli ovozlari kabi go'zal!

Sizlarni "Kamolot-FM" radiosining ijodiy jamoasi bilan tanishtirishda davom etamiz!

Fotolar muallifi R.Nazarmatov