Radio haqida


“Kamolot-FM” yoshlar radiokanali
Efir chastotasi – FM 90.8
Efir hududi – Toshkent shahri va Toshkent viloyati;
Efirga uzatish vaqti – har kuni, 24 soat;
Efirga uzatish tillari – o’zbek, rus, ingliz;
Tinglovchilar auditoriyasi – 10-30 yosh

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi “Kamolot-FM” yoshlar radiokanalini tashkil etishdan maqsad – yoshlar manfaatini ko’zlab, o’sib kelayotgan avlodning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy kamol topishi ushun shart-sharoit yaratib berish, iqtidorli yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashishdan iborat.

“Kamolot-FM” radiokanali o’z faoliyatida yoshlarning aqliy va intellektual kamolotiga, yosh avlodning ongining ma’naviy-madaniy jihatdan boyishiga, ularning huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan dasturlarga alohida e’tibor beradi. Ayni vaqtda kichik yoshdagi radiotinglovchilar auditoriyasi uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.

Radiokanal faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri, bu yoshlar hayotida ro’y berayotgan yangiliklar, yoshlar tashkilotlarining faoliyati, shuningdek, yetakchi hamda sardorlarning yutuq va tajribalarinin yoritishdan iboratdir.

Radioefirning kundalik dasturlarida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan olib borilayotgan turli loyihalar, madaniy tadbirlar, tanlov-musobaqalar muntazam ravishda targ’ib qilinadi.

Radiokanal eshttirishlarinig asosiy qismi keng tinglovchilar auditoriyasi uchun qiziqarli bo’lgan musiqiy, axborot-yangilik yoshlar hayotining turli jabhalariga oid dasturlardan iborat bo’ladi. Dasturlarda taniqli san’at arboblari, aktyorlar va tajribali jurnalistlar qatnashadi.

Eshttirishlarda tinglovchilar uchun qiziqarli bo’lgan faktlar, tarixiy sanalar, eng mashhur san’at arboblari hayoti va ijodining ko’pchilikka noma’lum bo’lgan qirralarini ochib beruvchi sahifalarini ochib berishga harakat qilinadi. Bu kabi eshttirishlarga yosh avlodning munisib vakillari jalb etiladi, u yoki bu mavzuda qisqa savol-javoblar, radioshoular uyushtiriladi, shuningdek, yoshlar muammolari bilan bog’liq turli masalalar muhokama qilinadi va zamonaviy usullardan foydalanilgan holda ingliz tilini o’rgatuvchi radiodarslar tayyorlanadi.

Radiokanal o’z efirida ushbu yo’nalishlarga doir quyidagi radioeshttirish va sahifalarni tayyorlashni ko’zda tutadi:

- Vatanga muhabbat va ehtiromni shakillantirishga qaratilgan dasturlar;
- Madaniy merosimiz va milliy an’analarimizni o’rgatuvchi dasturlar;
- Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshiruvchi dasturlar;
- Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlovchi, yoshlarning kasb-hunar o’rganish sohalarini yorituvchi dasturlar;
- Yoshlarning aqliy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi dasturlar;
- Interaktiv radioo’yinlar va ko’ngilochar dasturlar.

Radioeshttirishlarning asosiy tematik yo’nalishlari:

1. Informatsion – yangiliklar va xabarlar.
1.1 Yangliklar – jahon va respublikada sodir bo’layotgan kundalik voqea-hodisalarning muntazam sharhi.
1.2 Maxsus informatsion – bir tematikaga doir information materiallar va xabarlar to’plami (“Kamolot” YIH va “Kamalak” xabarlari va hokazo).
1.3 Tahliliy-informatsion – ijtimoiy nuqtai-nazardan shakillantiruvchi, tinglovchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan voqea-hodisa va yangiliklarning muntazam tahliliy sharhi.
2. Ma’naviy-ma’rifiy – mamlakatimiz yoshlarini intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan turli janrdagi eshttirishlar, interfaol o’yinlar, madaniy merosimizni talqin qiluvchi efirlar va chet tillarini o’rgatuvchi zamonaviy usullardan foydalanigan radiodarslar.
2.1. Fan va ta’limga oid – menejment, psihologiya va tabiiy fanlarga oid qiziqarli faktlarnig muntazam taqdimoti. Dunyoqarashni kengaytiruvchi turli mavzudagi sahifalar.
3. Bolalar uchun – bolalar hayoti, shuningdek, “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatiga taaluqli, taxminan 15 yoshgacha bo’lgan tinglovchilar uchun mo’ljallangan turli janrdagi ma’rifiy, tarbiyaviy eshttirishlar.
4. Sport – sport tadbirlariga oid reportaj va translyatsiyalar, sport haqidagi eshttirishlar.
5. Musiqiy-ko’ngilochar – musiqa haqidagi dasturlar, konsertlar, kompozitsiya va qo’shiqlar, musiqiy asarlar, turli o’yin hamda radio-shoular taqdimoti.
6. Ijtimoiy-siyosiy – ijtimoiy fikr-mulohazalar, siyosat olami sharhlari.

Efir va ijodiy studiyalarning jihozlanishi eng yuksak zamonaviy talablarga javob berib, turli janrdagi dasturlarni taqdim etishda efirni turli-tuman maxsus ovoz effektlari bilan boyitishga xizmat qiladi. Bu esa o’z navbatida “Kamolot-FM” radiolanali efirini yanada boyitishga, ta’sirchan qilishga yordam beradi.

Zamonaviy aloqa vositalari va internet texnologiyalarini jalb etgan holda efirga interfaol radiodasturlarni joylashtirish ko’zda tutilgan.